Yuk mashinasi 95 bosh qoʻyni urib yubordi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda qoʻylar podasini avtomobil urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Holat yuzasidan Viloyat YHXB matbuot xizmati axborot berib, voqea oktyabr oyida sodir boʻlganini maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, shu yilning 17-oktyabr kuni soat 05:00 larda Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida boʻlgan Isuzu rusumli transport vositasi bilan Koʻkdala tumani hududidan oʻtuvchi A-378 Gʻuzor—Samarqand avtomobil yoʻlining 105-kilometrida boshqarib ketayotib, Gʻuzor tumanida yashovchi Sh.T. hamda Q.Q.ning 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yuborgan.

    Mazkur holat yuzasidan Koʻkdala tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.