Bunga vagonlardan yuk tushirish vaqtida, «BN Grain and Oil Group» MCHJ ishchilari temir yo'l qurilmasining ishlash texnologiyasiga rioya qilinmagani sabab bo'lgan.
Xabarda aytilishicha, xodimlar qurilma yordamida vagonlarni tortib olishga uringanida uning trosi uzilib ketgan va vagonlar harakatlana boshlagan.
Ishchilar vagonlar harakatini to'xtatishga urinishgan va natijada ikkita vagon g'ildiraklari rel`sdan butunlay chiqib ketgan. YAna beshtasi yon tomonga ag'darilib ketgan.