Osiyo taraqqiyot alyansi bu — innovatsion mintaqaviy tarmoq boʻlib, samarali ijtimoiy oʻzgarishlar uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytiradi. Alyans Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy, Shimoli-Sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining 10 mingdan ziyod tashkilotlari vakillari boʻlgan 30 ta fuqarolik jamiyati tashkilotlari platformalarini birlashtiradi.

Alyansning asosiy vazifalari:

▫️Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), ijtimoiy media, loyihalarni boshqarish boʻyicha aʼzolar va hamkorlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari salohiyatini rivojlantirish;

▫️2030-yilgacha BRMni amalga oshirish sharhi va monitoring, BMT va aʼzo-davlatlar bilan hamkorlik, fuqarolik jamiyati orasida ijobiy muhit yaratish, muvofiq amaliyot, demokratiya hamda inson huquqlari boʻyicha tadqiqotlar va nazarda tutilgan hujjatlarni ilgari surish;

▫️resurslarni jalb qilish, koʻp tomonlama sheriklik va tajriba almashish, aʼzo-davlatlar uchun Global Janub doirasida texnik yordam hamda hamkorlik.

Maʼlumot uchun: 2019-yil sentyabrda “Yuksalish” umummilliy harakati demokratiya va fuqarolik jamiyati sohasidagi xalqaro tashkilot — “CIVICUS” global alyansiga qabul qilindi, 2021-yilning yanvarida esa Harakat Butunjahon nodavlat tashkilotlari assotsiatsiyasi (WANGO)ning doimiy aʼzosi boʻldi.