«Qirq yildan ortiq vaqt davomida ilk bor YUNESKO Bosh assambleyasining sessiyasi Parij shahridan tashqarida oʻtkaziladigan boʻldi, - deb yozdi davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻzining telegram kanalida. - Fransiya poytaxtida oʻtayotgan YUNESKO Bosh assambleyasining 42-sessiyasida Oʻzbekistonning navbatdagi, 43-sessiyani 2025-yilda Samarqandda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlandi va tegishli qaror qabul qilindi.
“Bu diplomatik muvaffaqiyat”, - deya izohladi qabul qilingan qarorni 42-sessiya raisi Simona-Mirela Mikulesku».
Eslatib oʻtamiz, 16-20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi muvaffaqiyatli boʻlib oʻtdi. Unda 140 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Sessiyaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maʼruza qildi.