Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi rahbarlari, shu sohadagi olimlar, YUNESKOning xalqaro vakillari hamda vazirlik mutaxassislari qatorida Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Olimjon To'ychiev qatnashdi.
Konferentsiyada ishtirokchi mamlakatlar vakillariga tabiiy fanlar dasturi doirasida YUNESKOning COVID-19 ga qarshi kurash bo'yicha ko'magi, faoliyati va rejalari to'g'risida ma'lumotlar berildi. Mintaqadagi mavjud ilm-fan sohasidagi javob choralari taqdimotlari o'tkazildi. Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi mavjud hamda yaratilgan chora-tadbirlar va ishlanmalar muhokama qilindi. COVID-19 virusiga qarshi ilm-fan sektorining javobi sifatida tadqiqotlar va ishlanmalar bo'yicha ilg'or amaliyot va tajribalar bilan almashishni qo'llab-quvvatlash lozimligi ta'kidlandi. Keyingi bosqichlar doirasida esa mintaqada inqirozni boshqarishga milliy yondashuvlarni xalqaro hamkorlarni jalb qilgan holda mustahkamlash uchun aloqalarni o'rganish, shuningdek, qator qo'shni davlatlar bilan muhokamalar tashkil etiladi.
Onlayn konferentsiyada dastlabki so'z YUNESKOning Markaziy Osiyodagi Klaster Byurosi direktori Krista Pikkatga berildi. Mutaxassis o'z nutqida Markaziy Osiyoda koronavirus pandemiyasining tarqalishi, Markaziy Osiyodagi vaziyat haqida umumiy ma'lumot berdi hamda uni oldini olishga qaratilgan choralar bo'yicha to'xtalib o'tdi. SHundan so'ng YUNESKOning Markaziy Osiyodagi Klaster Byurosi COVID-19 ga qarshi tabiiy fanlar bo'limi mutaxassisi Natal`ya Kim nutq so'zladi.
SHundan so'ng Markaziy Osiyo davlatlari vakillariga so'z berildi. Mamlakatimiz nomidan O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazir o'rinbosari Olimjon To'ychiev nutq va taqdimoti bilan o'rtoqlashdi. Vazir o'rinbosari O'zbekiston Respublikasida koronavirusga qarshi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berdi. Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan infektsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olishga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovi, amaliy ishlar, jumladan, “Birga Yengamiz” mobil ilovasi yaratilgani va koronavirus bo'yicha bilimni tekshiruvchi onlayn test sinovlari “e-sertifikat” platformasi ishga tushirilgani haqida to'xtalib o'tdi. SHundan so'ng qo'shni davlatlar vakillari va mutaxassislari ham o'z tajribalari bilan bo'lishdilar.
Onlayn konferentsiyadan kutilayotgan asosiy natijalar bu malaka va ilg'or tajriba almashinuvi, shuningdek, mintaqa davlatlarining COVID-19 koronavirus pandemiyasiga va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ekologik inqirozlarga va boshqa global tahdidlarga javoban hamkorlikda ishlash, Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy texnik axborot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy hamkorlik va ilm-fan ochiqligini ta'minlash zaruriyatini chuqurroq anglagan holda birgalikda siyosat yuritishdir.