Uchrashuvda O‘zbekiston va UNFPA hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan Jamg‘arma ko‘magida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyiha va tadbirlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston xududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda bugungi demografik jarayonlarni hisobga olish, 2025–2026-yillarda aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash asosida aholi sog‘lig‘ini saqlash, reproduktiv salomatlikni yaxshilash va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar samaradorligiga erishish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.
Shu bilan birga, respublikada zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonunlarni hayotga tatbiq etishda ilg‘or tajribalardan samarali foydalanish masalasida fikr almashildi, bu borada hamkorlikda alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilab olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.