UNICEF: Sudandagi otishmalar oqibatida uch kun ichida 40 nafar bola halok bo'ldi

    BMTning Bolalar jamg'armasi nizolashayotgan barcha tomonlarni xalqaro gumanitar huquq bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

    BMTning Bolalar jamg'armasi (UNISEF) Sudandagi mojaro tomonlarini fevral oyi boshidan beri kamida 40 nafar bolaning o'limiga sabab bo'lgan qurolli qarama-qarshilikni to'xtatishga chaqirdi. Uning saytida e'lon qilingan bayonotda qayd etilganidek, tomonlar xalqaro gumanitar me'yorlarga rioya qilishlari, yosh sudanliklarning huquqlarini hurmat qilish va himoya qilishni ta'minlashlari kerak.

    UNICEF 3-fevral kuni Janubiy Kordofan shtatining Kadugli shahrining o'qqa tutilishi oqibatida “21 nafar bola halok bo'lgani, 29 nafar bola mayib bo'lgan”ini eslatdi. Bundan tashqari, fevral oyida “Darfur shtatidagi El-Fashir bozorining o'qqa tutilishi oqibatida kamida 11 bola halok bo'lgan, Xartum shtatidagi Sabrin bozorining o'qqa tutilishi oqibatida yana 8 bola halok bo'lgan va 6 nafari yaralangan”, deb xabar beradi tass.ru.

    2024-yilning iyunidan dekabrigacha mojaro yangi hududlarga tarqalib borar ekan, Sudanda bolalarning huqlari buzilishi bilan bog'liq 900 dan ortiq og'ir qoidabuzarliklar qayd etildi – bu kuniga o'rtacha 4 tadan ko'proq – ularning 80 foizi Darfur, Xartum va El-Gezirada ularning o'ldirilgani va mayib bo'lgani haqida xabarlardan iborat. “Zo'ravonlik zudlik bilan to'xtatilishi kerak”, deb ta'kidladi UNICEF.