Unda Afshon Xon Oʻzbekistonda Sh.Mirziyoyev rahbarligida bolalar huquqlarini himoya qilish, taʼlim sohasini rivojlantirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli samarali islohotlarga yuksak baho berdi.

Tarbiya, bolalar huquqlarini himoya qilish, bolalar mehnatiga barham berish, ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy tarbiyasini takomillashtirish, shuningdek, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mamlakat hukumatining bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning bilim olishi, kasb-hunarli va uy-joyli boʻlishi uchun imkoniyat yaratish hamda ularni ishga joylashtirish borasidagi saʼy-harakatlari eʼtirof etildi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning boshqa yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Axborot xizmati.