Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etiladi

    Urbanizatsiya 5 Avgust 2021 1434

    Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Otchopar-2” mahallasida yangi “Manzara” nomli mavze tashkil etiladi.

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Yunusobod tumani hokimining “Yunusobod tumani “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomini berish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

    Loyihaga muvofiq, qaror qabul qilingach, “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yangi tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomi aks etgan nomlagichlar oʻrnatiladi va tegishli hujjatlarga oʻzgartirish kiritiladi.

    Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari hamda Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari hujjat ijrosini nazorat qiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.