Voqea joyiga uch daqiqadan soʻng yongʻin xavfsizligi xodimlari yetib kelishdi. Toshkent shahar boʻyicha FVB yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida yongʻin soat 05.12 da chegaralanib, 05.21 da toʻliq oʻchirildi.

Voqea tufayli jabrlanuvi va qurbonlar boʻlmadi.
Yongʻin oqibatida 40 kvadrat/metr joy yonib ketgan. Yongʻin sababiga aniqlik kiritilmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.