Yunusobod tumanidagi suv bosish holati yuzasidan maʼlumot berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunosobod tumanini suv bosgani aytilgan videolar tarqaldi. “Toshkent shahar suv taʼminoti” holat boʻyicha maʼlumot berdi.

    Unga koʻra, Yunusobod tumani, Moyqoʻrgʻon koʻchasi va Qoraqamish koʻchalari kesishmasida d1200mm katta suv oʻtkazgich tarmoqda nosozlik vujudga keldi. Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1, 2, 3, 4, 5, 6 tor koʻchalari, Gʻishtqoʻrgʻon koʻchalari, “Astrabod” mahallasi, Turkiston, “Sobirobod” mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Shu bilan birga ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv boʻlmaydi. Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrmoqda.

    Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi.

    Shuningdek, hududda avtotransport vositalarini harakati vaqtinchalik cheklanmoqda. Shu munosabat bilan, mazkur koʻchalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yoʻnalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.