Abrorxoʻja Saidaliyev 1994-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy – 2017-yilda Oʻzbekiston milliy universiteti, 2021-yilda – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2018-yildan Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligida ishlab kelgan va 2022-yilning iyun oyidan ushbu tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.








