Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.Q.” XUJMSH rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, 2020-yil va joriy yilning fevral oyiga qadar uy-joy mulkdorlaridan badal toʻlovi, issiq suv va issiqlik energiyasi taʼminoti hamda avtoturargoh uchun undirilgan 288,3 million soʻmni bank muassasasiga topshirmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.