Yunusobodda "Lada Largus" yonib ketdi

    Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

    Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha shu yilning 17-iyul kuni Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasida kech soat 19:15 larda, "Lada Largus" rusumli transport vositasida qisqa tutashuv sodir boʻlishi oqibatida, yongʻin kelib chiqqan.

    Hozirda hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlanmoqda.

    Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.