Holat boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha shu yilning 23-iyul kuni tush soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sh.Rashidov koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga koʻra, yongʻin joyiga zudlik bilan 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yuborilib, yongʻin soat 12:56 da batamom oʻchirildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.