- tibbiyot muassasalarining birinchi rahbarlari;
- ularning o‘rinbosarlari;
- sog‘liqni saqlashning boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘ligini saqlash mutaxassisligi bo‘yicha malaka toifasi olishi mumkin.
Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari esa tibbiy ixtisosligiga mos ravishda tegishli mutaxassisligi bo‘yicha malaka toifasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Bunda malaka toifasi mavjudligi uchun mehnatga haq to‘lashning qo‘shimcha to‘lovlari tatbiq etiladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasi mavjudligi uchun mehnatga haq to‘lashning qo‘shimcha to‘lovlari sertifikatda ko‘rsatilgan sanadan boshlab uning amal qilish muddati davomida amalga oshiriladi.
Zarur ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlariga muddatidan oldin, biroq oxirgi malaka toifasi berilgan kundan kamida bir yildan keyin navbatdagi malaka toifasi berilishi mumkin.
Tibbiyot tashkilotlarida bevosita davolash-profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, zarur ish staji bo‘lgan, yuqori nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga Sog‘liqni saqlash vaziri taqdimnomasi asosida ilmiy darajasi bo‘lmasa-da, istisno tariqasida bir pog‘ona yuqori malaka toifasi beriladi.