Yuqori palataning avvalgi tarkibi faoliyati eʼtirof etildi

    Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan ulugʻvor vazifalarni amalga oshirishda yuqori palataning avvalgi tarkibi munosib hissa qoʻshgani taʼkidlandi.

    Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan ulugʻvor vazifalarni amalga oshirishda yuqori palataning avvalgi tarkibi munosib hissa qoʻshgani taʼkidlandi.

    Ayniqsa, ayollar huquqlarini ishonchli taʼminlash, xotin-qizlar va bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish masalalarida Senat alohida faollik koʻrsatdi.

    Oxirgi besh yilda yuqori palata tomonidan 106-marta hisobotlar eshitildi, ijro organlariga 1 ming 300 ta soʻrov kiritildi.
    Parlamentning xalqaro maydondagi nufuzi ham sezilarli darajada oshib bormoqda. Oʻtgan davrda xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo doʻstlik guruhlari soni 26 tadan 73 taga yetdi.

    Senat Osiyo xotin-qizlar forumi, Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlararo forumi kabi yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi. Parlamentlararo Ittifoqning 150- assambleyasi, yaʼni yubiley anjumani kelgusi yili poytaxtimizda oʻtkazilishi ham alohida eʼtiborga loyiq.

    Senatda davlatlararo kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha ilk bor ijobiy amaliyot yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi.