Ijtimoiy tarmoqlarda Yuqori Chirchiq tumani hududidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” daryosida yosh bola qolib ketganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
Holat boʻyicha Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Toshkent viloyati FVBga shu yilning 10-iyun kuni soat 13:50 da Yuqorichirchiq tumani hududidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” daryosi oʻrtasida bir bola qolib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan bola maxsus anjomlar yordamida sogʻ-salomat qirgʻoqqa olib oʻtilgan.
Maʼlum boʻlishicha, daryoga choʻmilish maqsadida borgan bola suzib xoldan toygan va daryo markazidagi orolchaga chiqib olgan. Suv oqimining tezligi yuqori boʻlganligi sababli orqaga qaytishni imkoni boʻlmay qolgan.