Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro V.P. oʻziga tegishli noturar binoda tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy ildiz quritish sexini tashkil etib, hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga 201,8 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan

Hisob kitoblarga koʻra, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz 1 oy davomida hududdagi 672 ta xonadonni uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlashga yetishi maʼlum boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.