Yuridik institutga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Yu. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi Oʻsh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.