баннер
14 Apr 2025
15:38

    Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga rahbar tayinlandi

    Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov Institut direktori lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi.

    Mazkur institut Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi hamda Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi negizida tuzildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech