Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 apreldagi “YUridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Tadbirda Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi YUridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish markazi mas'ul xodimlari ishtirok etib, mazkur qarorni qabul qilish zarurati va maqsadi, qaror bilan kiritalayotgan o'zgarishlar xususida to'xtalib o'tishdi.
Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida YUridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish mashkil etilgan edi.
Ta'kidlanishicha, mazkur Hukumat qarori yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash tizimi takomillashtirish, yuridik ta'li olishga keng imkoniyat yaratish, sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan kurslar tashkil etish maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan Markazga bir qator qo'shimcha vazifalar yuklatildi. Xususan:
-
- Xalq ta'limi, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma'lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash;
- Intellektual mulk huquqi bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish;
- Nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmi sifatida mediatsiya institutida samarali faoliyat olib boradigan mediatorlarni tayyorlash kurslarini tashkil etish;
- YOsh advokatlarni tanlov asosida davlat grantlari hisobidan xorijiy yuridik kompaniyalariga stajirovkaga yuborishni tashkil etish.
SHuningdek, qaror bilan xalq ta'limi, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma'lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini hamda mediatsiya institutida samarali faoliyat yuritadigan mediatorlarni tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi belgilandi.
Qarorga ko'ra, 2030 yil 1 yanvardan:
-
- xalq ta'limi, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan yoki Markazda pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma'lumotli shaxslar dars berish huquqiga ega bo'ladi;
- kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati bilan bir qatorda FHDYO organlarida ishlashi mumkin.
Kurslarda o'qish xarajatlari TDYUU Kengashi tomonidan belgilanadi hamda shartnomaga muvofiq to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Mazkur kurslarda o'qish ikkinchi oliy ma'lumot olish hisoblanmaydi.
Matbuot anjumanida masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan kurslarga qabul joriy yilning 26 aprelidan 26 may kuniga qadar Markazning rasmiy sayti (sentertsul.uz) orqali faqat elektron shaklda amalga oshirilishi ham ayti o'tildi.
Adliya vazirligi jamoatchilik
bilan aloqalar bo'limi