Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o'qishga kirish uchun abiturientlar hujjatlari texnikum.dtm.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda.
YUridik texnikumlarga hujjat topshirmoqchi bo'lgan abiturientlarga qulaylik yaratish maqsadida video yo'riqnoma yaratildi. Bu hujjat topshirish jarayonida abiturientlarga foydasi tegishi mumkin.
Adliya vazirligining yuridik texnikumlari DTM tomonidan o'tkaziladigan test sinovlari orqali qabulni amalga oshirayotgan mamlakatdagi birinchi va yagona texnikumlar hisoblanadi.
YUridik texnikumlarga hujjatlarni onlayn qabul qilish 2020 yil 25 sentyabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Ma'lumot uchun: har bir hududda bittadan yuridik texnikum tashkil etilgan.