Yuriy Gagarin vafotidan 55 yil o'tdi: o'shanda nima bo'lgan edi?

    Sayyoramizning birinchi fazogiri Yuriy Gagarin 1968-yil 27-mart sanasida vafot etgan.

    Uning o'limi MiG-15UTI samolyotida o'quv parvozi o'tkazayotgan vaqtida sodir bo'lgani aytiladi. Ammo fojianing rasmiy sabablari hozirgacha ma'lum qilinmagan. Bugun o'sha hodisaga 55 yil to'ldi, deb yozmoqda russian.rt.com nashri.

    Yuriy Gagarin aviatsiyadagi ilk qadamlarini Saratov sanoat kollejida, uchish klubida o'qiyotganida qo'ygan. 1957-yilda Chkalovskiy nomidagi 1-harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini imtiyozli diplom bilan tugatgan. K.E. Voroshilov va 169-qiruvchi aviatsiya polkiga xizmat qilish uchun yuborilgan. 1961-yil 12-aprelda u Vostok fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqib, koinotga ko'tarilgan ilk insonga aylandi.

    Gagarin ko'plab Sovet va xalqaro mukofotlariga sazovor bo'lgan. U Xalqaro Astronavtika Akademiyasining faxriy a'zosi va Sovet Ittifoqi Qahramoni edi.

    Laziza ERMATOVA tayyorladi.