O'zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi malumotiga ko'ra, Rossiyaning Samara viloyatidagi Mashtakovo chegara punkti va Orenburg viloyatining Sagarchinsk nazorat-o'tkazish punktida bir necha yuz nafar O'zbekiston fuqarolari to'planishi kuzatilmoqda. Ushbu fuqarolar Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida kelishmoqda va O'zbekistonga qaytish uchun Qozog'iston hududi orqali yo'lak yaratishni talab qilishmoqda.

Bosh konsulxona barcha tomonlar uchun eng maqbul echimni topish uchun mahalliy hokimiyat bilan aloqa o'rnatgan. Bundan tashqari, TIV Operativ shtabi Rossiya-Qozog'iston chegarasidagi mavjud vaziyat to'g'risida ma'lumotni har tomonlama ko'rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi. YUqoridagilarni inobatga olib Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, o'rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.