Yaponiya tarafi mamlakatda qurilish, qishloq xo‘jaligi, qariyalarni parvarishlash, mehmonxona xizmati sohalarida ishlash uchun 2 mingta bo‘sh ish o‘rni mavjudligini taʼkidladi.
T.Norio yuqoridagi ishlarga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Maʼlumot o‘rnida, inson resurslarini rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega "JIC Holdings" kompaniyasi hozirgi kunda Vetnam, Tayvan, Fillipin, Mongoliya, Myanma, Indoneziya kabi davlatlardan 50 ming nafar texnik malaka oshiruvchilarni Yaponiyada ish bilan taʼminlab kelmoqda.
Bugungi kunda "JIC Holdings" kompaniyasi qariyalarni parvarishlash sohasiga 15 nafar o‘zbekistonlik enagalarni ish bilan taʼminladi. Ular "Ishga marhamat" monomarkazlaridagi Yapon tili kurslarida tahsil oldi.