Shahardagi “Avgust” tashkiloti hamda Yekaterinburg shahridagi “SAI GON” kafesida ishlayotgan fuqarolarimiz uchrashuv o‘tkazilib, ulardagi mavjud muammo va takliflar tinglandi.
Uchrashuvda fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish hamda boshqa yo‘nalishlarda amaliy yordam berish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hududlarida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi, Bosh konsulxonalari va Agentlik vakilliklari faoliyat yuritayotgani haqida maʼlumot berildi. Bundan tashqari mehnat migrantlarini turar joyi hamda ish faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, Yekaterinburg shahridagi “SAI GON” kafesida ishlayotgan 50 nafarga yaqin fuqarolarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fuqarolarga ommaviy tadbirlarda qatnashmaslik, Rossiya migratsiya qonunchiligi talablari asosida ish faoliyatlarini yuritish lozimligi tushuntirildi.