Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samaradagi vakolatxonasi xodimlari Chernorechye tumanidagi issiqxonada ish beruvchi bilan muzokaralar oʻtkazib, yurtdoshlarimizning pasportlarini olib bergani va oylik maoshlari toʻliq toʻlanishini nazoratga olgani haqida xabar berilgan edi.
Vakolatxona xodimlari joriy yilning 17-25-sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz ishlayotgan issiqxonalarga tashrif buyurib, mehnat va ish sharoitlarini oʻrgandi.
Oʻrganishlar natijasida 9 nafar mehnat migrantining berilmayotgan 685 ming rubl oylik maoshi undirib berildi. Qolgan yurtdoshlarimizning ish haqlari qaytarilmoqda.
Ayni paytda oylik maoshini olgan fuqarolar ish joylaridan Oʻzbekistonga qaytmoqda.