Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasi xodimlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan mazkur korxonaga borib, vaziyatni oʻrganganida, korxona rahbari yurtdoshlarimizni pasportlari va ikki oylik ish haqlarini bermasdan ishlatayotganligi maʼlum boʻldi.
Muzokaralar natijasida mehnat migrantlarining pasport va 200 ming rubl oylik ish haqlari olib berildi.
Ish beruvchi Rossiya Federatsiyasining tegishli huquqiy-meʼyoriy hujjatlari boʻyicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.