SHuningdek, koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin sharoitida ham “Olmaliq KMK” AJ mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarish ko'rsatkachilari yuqori sur'atlarda bajarilayotganini ta'kidlab, ushbu yutuqlarda Mis eritish zavodining ham salmoqli hissasi borligini ta'kidladi. Metallurg va boyituvchilar mukofotlandi
O'zbekiston konchilik va metallugriya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bugun “Olmaliq KMK” AJ texnologik zanjirining yakuniy nuqtasi bo'lgan Mis eritish zavodiga kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov tashrif buyurib, metallurglarni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etib, koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin sharoitida ham “Olmaliq KMK” AJ mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarish ko'rsatkachilari yuqori sur'atlarda bajarilayotganini ta'kidlab, ushbu yutuqlarda Mis eritish zavodining ham salmoqli hissasi borligini ma'lum qildi.
Tadbir davomida bir guruh ishchi-xodimlar kombinat boshqaruvi raisining buyrug'i asosida mukofotlar bilan rag'batlantirildi.