Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatlari qatorida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Navbahor” raqs ansambli hamda “Bek” doirachilar ansambli ishtirok etdi.

6 kun davom etgan tanlovda:

1-oʻrin Oʻzbekiston delegatsiyasiga;

2-oʻrin Turkmaniston delegatsiyasiga;

3-oʻrin Bolgariya delegatsiyasiga nasib etdi.

Maʼlumot uchun: “Oltin qorakoʻz” festivali 62 marotaba oʻtkazilgan boʻlib, 36-yildan buyon konkurs sifatida tashkil etib kelinadi. Festivalning 62-yillik tarixida Oʻzbekiston ilk bor 1-oʻrinni egalladi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.