Yurtimizda 100 ga kirganlar soni qancha?

    “Qarisi bor uyning parisi bor”, deydi xalqimiz. Shunday ekan, qarisi bor yurtga nisbatan ham shunday deyiladi.

    Zero, nuroniylar yuzidan taralajak nur, ularning hikmat toʻla soʻzlari bizni faqat ezgulik sari yoʻllaydi.

    Kimda kimning oilasida nuroniylar bor ekan, ularni boshga koʻtarish, “100 ga kirsin” deya duo qilish kerak. Darvoqe, mamlakatimizda 100 ga kirganlar soni qancha ekanini bilishni istaysizmi?

    Ayni paytda respublikada 683 nafar 100 yoshga toʻlgan pensioner boʻlib, ularga har oyda 262 ming 470 soʻmdan qoʻshimcha mablagʻ beriladi.

    100 yoshga toʻladigan fuqarolarning pensiyasiga qoʻshimcha toʻlov shaxs 100 yoshga toʻlgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qoʻshib toʻlanadi.