Bunga qarshi eng samarali chora esa mazkur xastalikka qarshi emlanishdir. Ayniqsa, o'smir yoshdagi qizlarni rejali emlash kasallanish holatlarining oldini olishga katta yordam beradi.
— Bunday vaksinalar xotin-qizlarning sog'lom va uzoq umr ko'rishini ta'minlaydi, — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'lim boshlig'i Dilorom Tursunova. — Dunyoning 102 mamlakatida milliy emlash dasturiga 9 yoshdan boshlab qizlarni emlash kiritilgan. O'zbekiston ham 2019 yildan ana shu davlatlar safiga qo'shildi.
Ayni paytda mamlakatimizda 12-14 yoshli qizlar o'rtasida emlash jarayoni o'tkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oralig'ida vaksinadan so'ng immunitet eng kuchli shakllanadi. Buning uchun joylarga ehtiyojga ko'ra, 1 million 400 ming doza OPV vaksina va shprislari yetkazib berildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ma'lum qilishicha, bunday vaksinalarning 270 milliondan ortiq dozasi dunyoning 102 davlatida qo'llanilgan.
Hozirgi kunda yurtimizga Niderlandiyaning “Merk” korxonasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaksinasi olib kelindi va yaroqliligi tekshirilib, tasdiqlandi.
Shu o'rinda yana bir ma'lumotni aytish o'tish joiz. Ayni paytda respublikamiz bo'yicha vaksinatsiya jarayonlari 3138 ta emlash punktida amalga oshirilmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.