Yurtimizda 9 oyda qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?

    Urbanizatsiya 14 Noyabr 2020 3037

    Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 44,4 mingta yoki 8398,8 ming kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi.

    Mazkur turar-joylarning asosiy qismi, ya'ni 95,4 %ini uy xo‘jaliklari tomonidan, yakka tartibda qurib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar tashkil etdi.

    Shuningdek, namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 3,2 %ni, qolgan 1,4 % turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

    Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar-joylarning 70,7 %i hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 76,9 %i qishloq joylarda qurilgan.