2021-yilda esa bu ko'rsatkich 205,1 million kilovatt-soatga yoki 44,3 foizga oshgan, deb yozdi energetika vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, oxirgi 5 yillikda yangidan qurilgan elektr uzatish tarmoqlari hajmi 1991—2016-yillarga nisbatan qariyb 4,5 barobarga ko'p, ekani aytilmoqda. Shu yillarda 9 300 kilometr elektr uzatish tarmoqlari yangilangan. 2017—2021-yillar davomida esa qariyb 40 700 kilometr elektr uzatish tarmoqlari yangilandi.