2021-yil 30-sentyabr holatiga koʻra, yurtimizda emlanishi koʻzda tutilgan aholining yarmidan koʻpi, yaʼni 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib boʻlgan.
1-doza vaksinalari bilan emlangan aholi soni 11 491 111  nafarga yetgan.

Yurtimizda emlanishi koʻzda tutilgan 18 yoshdan katta aholi qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi. 

Eslatib oʻtamiz, 28-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yoʻlga qoʻyilgan.