Masalan: Zakara al-Qozi al-Imom Abulhasan Aliy ibn Ibrohim ibn Ishoq al-Kasbaviy aqoma bi Buxoro. Qola A H ash-SHayx al-Imom al-Xatib Abu Muhammad Ishoq ib Muhammad an-Navhiy A H al-Qoziy haza bi Buxoro sanata xamsin va xamsina va arba'a miatin A H Abul Hasan Muhammad ibn al-Hasan ibn Anbasa al-Buzchoniy H Abu Ja'far Muhammad ibn Aliy ibn Duhaym ash-SHayboniy bil-Ko'fata H Abu Ishoq Ibrohim ibn Abdulloh ibn Umar al-A'bisiy al-Qassor sanata ihdo b sab'iyna va miatayni A H Vake' ibn al-Jarohiy a'n al-A'mash a'n Abi Solih a'n Abi Hurayrata qola qala Rasululloh (sav) lo yaqulu ahadukum liabdihi abdiy va lekin liyaqul fatoya valo yaqulul abdu lisayyidihi mavloya va lekin liyaqul sayyidiy.
Tarjimasi: Aytib o'tdi al-Qozi al-Imom Abulhasan Aliy ibn Ibrohim ibn Ishoq al-Kasbaviy Buxoroda yashagan, aytdi “A H” ash-SHayx al-Imom al-Xatib Abu Muhammad Ishoq ib Muhammad an-Navhiy “A H” al-Qoziy bu Buxoroda 455h yil, “A H” Abul Hasan Muhammad ibn al-Hasan ibn Anbasa al-Buzchoniy, “H” Abu Ja'far Muhammad ibn Aliy ibn Duhaym ash-SHayboniy Ko'fada, “H” Abu Ishoq Ibrohim ibn Abdulloh ibn Umar al-A'bisiy al-Qassor 271h yil, “A H” Vake' ibn al-Jarohiydan, u al-A'mashdan u Abu Solihdan u Abu Hurayradan u aytdi, Rasululloh (sav) dedilar: “Hech kim o'z qulini mening qulim demasin, balki xizmatchim, deb aytsin, bironta qul ham o'z xo'jasini egam demasin, balki xo'jayinim desin”.
Ko'rinib turibdiki, hadisda Payg'ambar (s.a.v.) ayrim so'z va atamalarni bilmay aytib qo'yib, Allohga shirk keltirishdan qaytarganlar. Roviylardan 3 nafari Movarounnahrlik ekani ham aniq bo'lib turibdi.
Mutaxassislar qo'lyozmani o'rganishga kirishgan.