Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi ehtimoli bor. Choʻl hududlarda va Fargʻona vodiysida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi kutilyapti. Kunduzgi harorat 12-15o, respublika shimolida 7-12o iliq atrofida boʻladi. Kechasi harorat 2-7o iliqgacha, shimolda baʼzi joylarda 3o sovuqgacha pasayadi.

19-apreldan boshlab antitsiklon respublika hududidan chekina boshlaydi va ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston boʻyicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 21-aprelga kelib kechasi 4-9o iliqni, kunduzi 20-25o ni tashkil etadi.

Bugun sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Bugun va hafta davomida poytaxtimizda: yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga havo harorati 12-15atrofida boʻladi. Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi harorat 2-4iliqgacha pasayadi.

19-apreldan ish haftasining oxirigacha kechalari harorat 4-7o iliq atrofida boʻladi, kunduzi asta-sekin koʻtariladi va juma kuniga kelib harorat 20-23o gacha koʻtariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.