Joriy yil 1-avgustdan 1-sentyabrgacha yurtimizda “Keksalar salomatligi oyligi” tashkil etiladi.

Bu davrda mamlakatimizdagi nuroniy otaxon va onaxonlar malakali shifokorlar tomonidan oʻzlari istiqomat qilayotgan hududda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. 

Maʼlumot uchun yurtimizda 55 yoshdan oshgan 3 million 200 ming nafarga yaqin pensiya yoshidagi nuroniy yurtdoshlarimiz umrguzaronlik qilmoqda. 

Tibbiy koʻriklar yakunida: 
Oʻtkir va surunkali xastaliklar qayd etilgan katta yoshli bemorlardan bir guruhi birlamchi boʻgʻindagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator sharoitda, statsionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, shahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi.