Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda hayotning turli jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyati, jumladan, yoshlarning zamonaviy talablar darajasida taʼlim olishi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, ushbu yoʻnalishda yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorlik koʻlami haqida soʻzlab berildi.
Hindistonning Amiti va Sharda universitetlari, "Sambram" AT-instituti va "Acharya" institutlar guruhi kampuslari mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani bilan bir qatorda Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan hindistonlik yoshlarning safi kengayayotganiga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv ishtirokchilarida oʻzbek xalqining boy tarixi, betakror madaniy-maʼnaviy merosi, turmush tarzi va urf-odatlari haqidagi maʼlumotlar katta taassurot qoldirdi.
Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi hind yoshlarida Oʻzbekiston haqida yanada kengroq tasavvurga ega boʻlish va oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.