Yangi yilning birinchi kunida tugʻilgan goʻdaklarning 732 nafari oʻgʻil bola, 716 nafari esa qiz bola boʻlib, eng koʻp tugʻilish hozircha Samarqand viloyatida (193 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarda:
🔹Qashqadaryo viloyati (146 nafar),
🔹Fargʻona viloyati (137 nafar),
🔹Andijon viloyati (131 nafar),
🔹Namangan viloyati (123 nafar) band etdi.
Eng kam tugʻilish esa Sirdaryo viloyati (39 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi.
Eʼtiborlisi, tugʻilganlarning 8 nafari egizaklardir. Ayni paytda shifokorlarimiz goʻdaklarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlari mamlakatimizdagi qator tibbiyot muassasalari bilan birga 238 ta tugʻruq komplekslarida jami 3807 nafar tibbiyot xodimi, jumladan, 509 nafar akusher-ginekolog, 315 nafar neonatolog, 1159 nafar doya 1824 nafar hamshira navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2018-yilning 1-yanvar kuni 1961 nafar, 2019-yilning shu kuni 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar hamda 2021-yilning ayni shu sanasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.