Yurtimizdagi gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi

    Hukumat 31 Oktabr 2023 1485

    Lekin hozirda jami gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam.

    So'nggi yillarda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda, chunki GeSlar ishlab chiqariladigan elektr tannarxi boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon, ular energetikada kunlik energiyani barqaror ta'minlashda eng samarali vositadir.

    Hisob-kitoblarga ko'ra, yurtimizdagi gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi. Ayniqsa, Toshkent, Surxondaryo va vodiy viloyatlarida bu borada katta salohiyat bor.

    Joriy yilda “To'palang” GeSni modernizatsiya qilish ishlari yakunlanib, uning quvvati 30 megavattdan 175 megavattga oshdi. “Darg'om” kanalida 7,2 megavattli “Shaudar” GeSi foydalanishga topshirildi.

    Lekin hozirda jami gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam.

    Shu bois, yangi loyihalarni boshlash bo'yicha katta marralar olingan. Sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.