Qarorga muvofiq, katta hajmli va og'ir vaznli transport yo'nalish bo'yicha harakatlanishidan oldin avtomobil` yo'llarini o'rganish tartibi to'g'risidagi;    

Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomlar hamda 2020-2022 yillarga mo'ljallangan vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini qurish, modernizatsiyalash va zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash bo'yicha tadbirlar dasturi tasdiqlandi.     

Transport vositalarining vazn va parametrlarini nazorat qilish uchun turg'un (statsionar) va ko'chma punktlar quriladi.

Xorijiy yuk avtotransport vositalarining respublika avtomobil` yo'llari bo'ylab o'tishi klometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish bo'yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqsin, bunda xalqaro amaliyotdan kelib chiqib zamonaviy axborot texnologiyalari asosida jihozlash va foydalanish nazarda tutiladi.       

Olti oy muddatda xorijiy yuk avtotransport vositalarining respublika avtomobil` yo'llari bo'ylab o'tishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish bo'yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ishlab chiqiladi.