Yurtimizga kelgan 3 480 nafar yoʻlovchining 66 nafarida koronavirus aniqlandi

    Salomatlik 21 Yanvar 2022 1058

    Kecha “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali yurtimizga kelgan 3 480 nafar yoʻlovchining 66 nafarida koronavirus aniqlandi.

    Joriy yil 15-yanvardan mamlakatimizga kirib keluvchilar uchun xalqaro aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va chegara punktlarida ekspress-antigen test topshirish tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

    Ayni paytda bu amaliyot yangi shtamm keng tarqalishining oldini olish va kasallikni oʻz vaqtida hamda tezkor aniqlash imkonini bermoqda.

    Xususan, kecha “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali yurtimizga kelgan 3 480 nafar yoʻlovchidan test sinamalari olindi. Natijada ulardan 66 nafarida koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

    Ushbu bemorlar kasallikning kechishiga koʻra, uy sharoitida va mehmonxonalarda davolanishga yoʻnaltirildi.

    Ambulator sharoitida muolaja oladigan fuqarolarga aeroportning oʻzida 4 xildagi bepul dori-darmon vositalari berilyapti.

    Deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati maʼlumotiga tayanib.