Yurtimizga o'tgan ikki oyda eng ko'p turist Tojikistondan kelgan

    Turizm 21 Mart 2023 850

    Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O'zbekistonga tashrif buyurgan.  

    Bu o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 544,4 ming nafarga yoki 2,7 baravarga oshgan.

    2 oyda eng ko'p qaysi davlat fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

    — Tojikiston – 289,2 ming nafar

    — Qozog'iston – 241,4 ming nafar

    — Qirg'iz R. – 211,2 ming nafar

    — Rossiya – 81 ming nafar

    — Turkiya – 13,4 ming nafar

    — Turkmaniston – 4,8 ming nafar

    — Koreya – 4,4 ming nafar

    — Hindiston – 2,4 ming nafar

    — Ukraina – 1,7 ming nafar

    — Ozarbayjon– 1,7 ming nafar

    — Belarus` R. – 1,6 ming nafar

    — Xitoy – 1,6 ming nafar

    — AQSH – 1,4 ming nafar

    — Germaniya – 1,3 ming nafar

    — Buyuk Britaniya – 0,9 ming nafar

    — Frantsiya – 0,8 ming nafar

    — Italiya – 0,7 ming nafar

    — Yaponiya – 0,7 ming nafar

    — Isroil – 0,6 ming nafar

    — Gruziya – 0,6 ming nafar