— Ayni paytda mamlakatimizda jami 8300 ta nodavlat tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda, — deydi vazirlikning Litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Jaloliddin Asamutdinov. — Shundan 1618 tasi statsionar klinika boʻlib, ularda 43 ming 200 dan ziyod shifo oʻrinlari yaratilgan.
Xususiy sektorda 17 ming nafardan ortiq shifokor, 26 ming nafardan ziyod oʻrta tibbiyot xodimi mehnat qilyapti.
Shuningdek, hozir yurtimiz boʻyicha 20 dan ortiq xorijiy davlat biznes doiralarining investitsiyalari ishtirokida 159 ta xususiy shifoxona faoliyat yuritmoqda.
Eng koʻp xususiy shifoxona Toshkent shahrida tashkil etilgan boʻlib, ular soni 1700 dan ortdi.
Bundan tashqari:
Andijonda 750 dan;
Samaraqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 650 dan ziyod nodavlat tibbiyot muassasasi faoliyat olib boryapti.