Qayd etilishicha, 2021-yilning 2-avgust kuni soat 14:30 larda Namangan shahrida joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasida ishchi boʻlib ishlovchi 18 yoshli O.A. yuvish uchun qoldirib ketilgan 25 yoshli A.A.ga tegishli boʻlgan Malibu rusumli avtomashinani avvaliga yuvib, soʻngra nomaʼlum tomonga boshqarib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida Malibu rusumli avtomashina Davlatobod tumani “Porloq” mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan.

Hozirda O.A.ni ushlash choralari koʻrilmoqda.