Joriy yilda esa bu borada rekord darajaga erishildi —19 nafar bitiruvchilarning barchasi talaba boʻlishdi. Bu viloyatda ham rekord koʻrsatkichdir.
Oʻtgan yili xalq taʼlimi vaziri maktabda boʻlib, pedagoglar jamoasi bilan uchrashganda tajribali oʻqituvchilar aynan yuz foizlik natija uchun bor mahoratlarini ishga solishlari va bu koʻrsatkichga aynan 2020/2021 oʻquv yilida erishishni maqsad qilishganini aytishgandi.
Bugun Tagandagi oʻn toʻqqiz xonadonda bayram. Baxtli talabalarning ota-onalari farzandlariga har tomonlama puxta bilim bergan pedagoglar va yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlardan minnatdor boʻlishyapti.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri