Unda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasidan mutaxassislar ishtirok etib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilishi, oʻz tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilik qilish uchun auksionda qatnashish boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. Aholining davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan taklif va mulohazalari ham tinglandi.

— Prezident qarori asosida Boʻka tumanida auksion orqali jami 536 gektar yer maydoni ochiq elektron tanloviga qoʻyilgan, — deydi tuman Davlat xizmatlari markazi direktori Kamoliddin Asqarov. — Xoʻjaqoʻrgʻon mahallasiga 30 gektar yer aholiga dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun berilishi belgilandi. Bu maydonlar ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali, 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Markazimiz xodimlari tomonidan tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan va daftarlarda turadigan fuqarolarga bepul elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari topshirildi. Tadbir davomida ERI kalitidan, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish boʻyicha huquqiy tushunchalar ham berildi.

Tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali Xoʻjaqoʻrgʻon mahallasida oʻtkazilgan tadbir davomida 100 nafardan ortiq fuqaroga elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari berildi.

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati