Toshkent viloyatidagi «Anor« sogʻlomlashtirish oromgohida 99 nafar rossiyalik bolalar oʻn ikki nafar hamroh bilan birga yozgi taʼtilni oʻtkazadi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli amalga oshirildi. 2024-yilda tashkil etilgan ushbu shakldagi lager ishtirokchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy baholangan edi.
Bu yoz rus bolalari uchun qiziqarli boʻlishni vaʼda qilmoqda. Ikki haftalik taʼtil doirasida bolalar uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻylab ekskursiyalar, ijodiy mahorat darslari, turli oʻyinlar va sport tadbirlari, eng muhimi, oʻzbekistonlik tengdoshlari bilan norasmiy muloqotlar oʻtkaziladi.
Kecha Rossiyalik bolalarni Oʻzbekistonga kuzatish marosimini tashkil etildi. Oldinda ularni ochiq havoda, tabiat qoʻynida va anʼanaviy oʻzbek mehmondoʻstligi muhitida qizgʻin ikki hafta kutmoqda.
Bunday tashabbuslar mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Va bolalikdan boshlangan doʻstlik xalqaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, deb yozadi «Dunyo« AA.









